Tuproqqal’a farzandi xalqaro olimpiada sovrindori!
2026-04-13 00:00:00 / Yangiliklar

Turkmanistonning Ashxobod shahrida o'tkazilgan nufuzli III Xalqaro matematika olimpiadasida Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Xudoyberganova Go'zalxon munosib ishtirok etib, 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
📊 Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilning 8-13-aprel kunlari 12 ta davlatdan 180 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan ushbu bilim bellashuvida xorazmlik yoshlar jami 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Tumanimiz nomini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan iqtidorli o'quvchimizni, shuningdek, uning ota-onasi va zahmatkash ustozlarini yutuq bilan muborakbod etamiz!
