Yoshlar bandligi – ustuvor vazifa!
2026-04-10 00:00:00 / Yangiliklar

📌 Bugun Tuproqqal’a tumanidagi 35-son madaniyat markazida “Yoshlar bandligini ta’minlash – eng ustuvor vazifa” g‘oyasi asosida muhim biznes-trening va o‘quv seminari tashkil etildi.
✅ Mazkur seminarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining “Biznes va boshqaruv” kafedrasi o‘qituvchilari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar faol ishtirok etdi.
🔰 Trening davomida ishtirokchilarga biznesni yo‘lga qo‘yish, startap loyihalarni ishlab chiqish, bozorni tahlil qilish hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlik sirlariga oid muhim bilim va amaliy tavsiyalar berildi.
❗️ Bunday tashabbuslar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkorlar safini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
