Xushxabar: Tuproqqal’alik mahalla raisi yuksak mukofot bilan taqdirlandi
2026-03-27 00:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish ва aholi muammolarini hal etishda fidoyilik ko‘rsatayotgan soha xodimlari munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.
Quvonarli jihati shundaki, Tuproqqal’a tumani "Nurobod" MFY raisi Safarov Ravshan Raximovich ko‘p yillik samarali mehnati va mahalla obodligiga qo‘shgan hissasi uchun “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof bilan Ravshan Raximovichni tuman hokimligi hamda keng jamoatchilik nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusi mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
