TUPROQQAL’ADA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-26 00:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni doirasida rahbarlar, xususan, tuman hokimi Akmal Jimalyazov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yigit-qizlarning istak-orzulari, murojaat va takliflari birma-bir tinglandi. Har bir ko‘tarilgan masala yuzasidan joyida hal etish choralari ko‘rilib, ijro uchun aniq vazifalar belgilandi.
Tadbir davomida "UzAuto Motors" Xorazm filiali mutaxassislari ham ishtirok etib, yoshlarga korxonadagi yangi vakansiyalar, ariza berish tartibi hamda saralash bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Bu kabi amaliy muloqotlar yoshlar bandligini ta'minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
