Xorazm viloyati prokurori Tuproqqal’ada tadbirkorlar bilan uchrashdi
2026-03-24 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat prokurori Murod Ahmedov Tuproqqal’a tumanida tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud to‘siqlar, kredit ajratish va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar atroflicha o‘rganildi.
Ko‘tarilgan har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi.
