Tuproqqal’ada 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlariga start berildi
2026-03-21 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun tumanning Oxunboboyev hududida paxta hosili uchun chigit ekishni tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, soha mas’ullari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida zamonaviy agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish, suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish hamda Xitoyning "Shinjon" tajribasi asosida yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalari tinglandi. Shuningdek, chigit ekish agregatlarining sozligi va urug‘ qadalish sifati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida yaxshi niyatlar bilan duo qilinib, tuman bo‘ylab chigit ekish ishlariga rasman start berildi.
