Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
2026-03-13 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun “UzAvto” Xorazm filiali xodimlari hasharda faol ishtirok etib, korxona hududi hamda uning atrofini obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Jumladan, yashil maydonlarni kengaytirish, yangi ko‘chatlar ekish, daraxtlarga shakl berish va hududni tartibga keltirish orqali tumanimizning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqdalar.
Ana shunday ezgu tashabbuslar yurtimiz obodligi, mahallalarimizning yanada chiroy ochishi va ekologik muhitning yaxshilanishida muhim аҳamiyat kasb etadi.
