Yanvar–fevral oylarida 17 ta jinoyat sodir etilgan – IIB boshlig‘i M. Matyakubov
2026-03-01 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik M.U. Matyakubov 2026 yilning dastlabki ikki oyi yakunlari bo‘yicha tuman aholisiga profilaktik ogohlantiruv bilan murojaat qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
📊 Hisobot davrida jami 17 ta jinoyat qayd etilgan.
Shundan:
🔹 4 tasi (23,5 %) — oldi olinadigan jinoyatlar;
🔹 8 tasi (47 %) — tashabbus bilan aniqlangan;
🔹 5 tasi (29,5 %) — kiber sohadagi jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
IIB rahbari fuqarolarni hushyorlikka, ayniqsa internet va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga, shubhali havolalar va noma’lum qo‘ng‘iroqlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamiz.
