Startap IT loyihalar taqdimoti bilan tanishildi
2026-02-26 00:00:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan kompleks tadbirlar doirasida IT Park markazida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan startap IT loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Tashrif davomida markazda o‘quvchi-yoshlar, dasturchilar hamda coworking rezidentlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalari, raqamli yechimlari va istiqbolli loyihalari alohida qiziqish bilan o‘rganildi.
Ta’kidlanganidek, bunday tashabbuslar yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish hamda raqamli iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning har bir ilg‘or g‘oyasi — kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
