Murojaatnoma — islohotlar yo‘lidagi aniq dastur va mas’uliyat mezoni
2026-01-24 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnoma, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2026-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, UrDU professor-o‘qituvchilari, tashkilot va muassasalar vakillari, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik maqsadlari hamda ushbu muhim siyosiy hujjat asosida oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
