Tuproqqal'a tuman Jinoyat ishlari bo'yicha sudining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan axboroti
2026-01-19 16:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to'g'risida”gi qonuni 41-moddasiga asosan tumanlararo va tuman (shahar) sudlari raislari jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g’risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borish belgilanganligi sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudining 2025 yil faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot beriladi.
Jumaladan, tuman sudi tomonidan 2025 yil davomida 161 nafar shaxsga nisbatan 132 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shulardan 141 nafar shaxsga nisbatan 113 ta jinoyat ishi bo’yicha ayblov hukmi chiqarilgan, 16 nafar shaxsga nisbatan 16 ta jinoyat ishi tugatilgan.
Ayblov hukmi chiqarilganlardan 23 nafar shaxsga nisbatan jarima, 35 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 39 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 44 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, 16 nafarga shahsga nisbatan ish tugatilgan, jazo tayinlanganlarning 52 nafarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 57-moddasi qo'llanilib, sodir qilingan jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlangan, 31 nafar shaxsga nisbatan qo‘shimcha jazo, ya’ni JKning 45-moddasi qo’lanilib, muayyan huquqdan mahrum qilingan.
Tuman sudiga 2025 yil davomida 149 nafar shaxsga nisbatan 149 ta jinoyat materiallar kelib tushgan bo’lib, ushbu kelib tushgan materiallardan 143 tasi qanoatlantirilgan, 6 tasi boshka sabablar qaytarilgan.
Tuman sudi tomonidan 2025 yil da’vomida qo‘rilgan ma’muriy ishlar bo’yicha jami 2084 nafar shaxsga nisbatan 1822 ta ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar ko’rib tamomlangan bo’lib, shulardan 1168 nafar shaxsga nisbatan 1041 ta ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar bo’yicha ma’muriy jazo qo’llanilgan bo’lib, jazo tayinlanganlarning 457 ta ish bo’yicha
420 nafar shaxsga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasi qo’llanilib, sodir qilingan huquqbuzarligi uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlangan, 781 ta ish bo’yicha 916 nafar shaxsga nisbatan bo’lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar tugatilgan.
Jazo tayinlangan 904 ta ish bo’yicha 1022 nafar shaxslarga ma’muriy jarimalar qo’llanilgan bo’lsa, 137 ta ish bo’yicha 146 nafar shaxslarga ma’muriy qamoq jazosi qo’llanilgan.
Tuman sudiga 2025 yil davomida 960 nafar shaxsga nisbatan 960 ta ma’muriy materiallar kelib tushgan bo'lib, ushbu kelib tushgan materiallardan
925 tasi qanoatlantirilgan, 35 tasi rad qilingan.
Tuman sudining raisi I.Ismailov
