Tadbirkorlik uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali muddat to‘lov asosida sotib olish tartibi.
2026-01-15 14:30:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlik uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali muddat to‘lov asosida sotib olish tartibi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida Nizom (Vazirlar Maxkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga 2-ilova) tasdiqlangan.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish va ijaraga olish qanday tartibda amalga oshiriladi? Shu haqda so‘z yuritsak.
Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion natijalari bo‘yicha xususiylashtirish va ijaraga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari asosan mulk huquqi asosida auksion savdolariga chiqariladi, biroq auksion savdosiga chiqarilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmaganda yoki uning talablariga mos kelmagan taqdirda, yer uchastkalari ijara huquqi asosida auksionga qo‘yiladi.
“E-auksion” elektron savdo platformasida auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-sonli qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotib olishda Prezidentimizning 2024 yil 6 sentyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-135-sonli farmoni bilan bir qator imtiyozlar berilgan.
Xususan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo’lib-bo’lib to’lashga ruhsat berilgan.
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
b) yer uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlang‘ich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno;
v) yer uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlash asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor qiymatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda, ushbu yer uchastkasi uchun quyidagi shakllardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:
yer uchastkasining qiymatini bevosita to‘lash, shu jumladan, ushbu bandga muvofiq bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi.
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati
Xorazm viloyati vakili M.Ishchanov
