Obodonlashtirish xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi
2025-12-21 00:00:00 / Yangiliklar

Tumanimiz ko‘chalari va mahallalarining doimo ozoda, obod hamda fayzli bo‘lib turishida obodonlashtirish xodimlarining tinimsiz va fidokorona mehnati mujassam. Ana shu zahmatkash mehnat egalari sharfiga bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirok etib, soha xodimlarini bayram bilan samimiy tabrikladi, har qanday ob-havo sharoitida ham mas’uliyat bilan mehnat qilib kelayotgan jamoaga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, mehnatkashlarga bo‘lgan e’tibor va rag‘bat ramzi sifatida bayramona sovg‘alar topshirildi.
