Sarimoy mahallasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil oldidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
2025-12-20 00:00:00 / Yangiliklar

Viloyatimizdagi eng chekka mahallalardan biri - Tuproqqal’a tumanidagi Sarimoy mahallasida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil oldidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
✅ Tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi, tibbiy ko‘rik, bank xizmatlari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlar ko‘rgazmalari, "Besh tashabbus" doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mahalla markazida qad rostlagan ko‘rkam archa atrofida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari tashkil qilinib, bolajonlarga sovg‘alar ulashildi. Ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
