Tuproqqal'a tumanida “Xolis” paynet raqamli platformasi taqdimoti o‘tkazildi
2025-12-15 00:00:00 / Majlislar

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda raqamlashtirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — “Xolis” raqamli platformasi amaliyotga joriy etildi. Ushbu platforma Prezidentning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/-7681520) ijrosi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish, hisob-kitoblarni shaffof yuritish va soliq yukini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Tadbirda yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilangani ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga platformaning imkoniyatlari, ishlash tartibi va afzalliklari batafsil tushuntirildi.
