Tuproqqal’ada hosil bayrami tantanali nishonlandi
2025-12-14 00:00:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tumanida Hosil bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirok etib, fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan yurtimiz dasturxonining to‘kin bo‘lishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.
Bayram tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ilg‘or fermer va mutaxassislarga tuman hokimining tashakkurnomalari, “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Aytish joizki, qishloq xo‘jaligi — bu nafaqat iqtisodiyotning muhim tarmog‘i, balki xalqimiz farovonligi va kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
