“Ochiq eshiklar kuni” – Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbir
2025-12-10 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal’a tumanidagi 14069-sonli harbiy qismda vatanparvarlik oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimligi xodimlari, harbiy qism ofitserlari hamda Jasorat maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Harbiy qism ofitserlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga turli harbiy qurollar ko‘rgazmasi namoyish etilib, ularning vazifalari va qo‘llanilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
