8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-12-07 00:00:00 / Yangiliklar

Tuproqqal’a tumanida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov ishtirok etib, bosh qomusimizning qabul qilinganiga 33 yil to‘lgani bilan barchani samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy o‘zgarish va tamoyillar haqida tushuntirishlar berishdi.
Bayramona ruh bag‘ishlagan kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga o‘zgacha zavq va ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Tadbir yurtimiz taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu intilishlarni namoyon etdi.
