Viloyat hokimi Tuproqqal’ada aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasi tashabbuskorlarini qabul qildi
2025-12-06 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov Avstraliyaning ALLIED GREEN AMMONIA PTY LTD kompaniyasi boshqaruvi raisi Alfred Benedikt hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Plug Power kompaniyasi bosh direktori Marsh Andre Jozefni qabul qildi.
Mazkur ALLIED GREEN AMMONIA PTY LTD kompaniyasi Tuproqqal’a tumanida aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish tashabbuskori hisoblanadi. Loyiha doirasida yiliga 650 ming tonna yuqori sifatli aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Dunyo miqyosida havo transporti qatnovlari ortib borayotgani mazkur mahsulotga bo‘lgan talabning yuqoriligini ta’kidlaydi.
Muloqot chog‘ida iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirish jarayonlari va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
