Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2025-11-27 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Qabul davomida uy-joy, kommunikatsiya, ish bilan ta’minlash hamda davolanish uchun yordam masalalari ko‘tarildi.
Har bir murojaat bo‘yicha qonuniy yechimlar belgilandi, mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi va ijro hokim nazoratiga olindi.
