Yo‘l bo‘ylarida yashil hududlar kengaymoqda
2025-11-08 00:00:00 / Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Tuproqqal’a tumani yo‘llardan foydalanish davlat unitar korxonasi tomonidan markaziy — D213f yo‘li bo‘yiga 1 ming 100 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — atrof-muhitni obodonlashtirish, havo sifatini yaxshilash, yo‘lbo‘yi hududlarda ekologik muvozanatni saqlash hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitini yaratishdan iborat.
