Tuproqqalʼa tumanida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda!
2025-11-05 00:00:00 / Yangiliklar

"Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida tuman hokimligi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamkorligida aholining xavfsizlik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
🏠 Tadbirlar davomida aholi xonadonlarida, ijtimoiy soha obyektlarida va mahallalarda qish mavsumini betalofat o‘tkazish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
👨🚒 Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga amaliy tavsiyalar, ogohlantiruvchi eslatmalar hamda bukletlar tarqatildi.
✅ Bunday tadbirlar aholining xavfsizligini ta’minlash, har bir xonadonda xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
