Til — millatning ruhi, xalqning yuragi!
2025-10-17 00:00:00 / Yangiliklar

Bugun 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Tuproqqal’a tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanimizdagi barcha idora va tashkilot xodimlari “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbirida ishtirok etdilar.
Bu nafaqat yozuv mashqi, balki tilga hurmat, millatga sadoqat ifodasi bo‘ldi. Diktant davomida har bir qatnashchi ona tilining qudratini, so‘zlaridagi jozibani, ifodadagi ma’nodorlikni his etdi.
Tilimizni e’zozlash — bu o‘zligimizni qadrlashdir.
Keling, biz ham har kuni ona tilimizda chiroyli, savodli va mehr bilan so‘zlaylik!
