TOSHLOQ TUMANI VILOYATDA BIRINCHI BO‘LIB G‘ALLA TOPSHIRISH REJASINI BAJARDI
2026-06-08 11:55:00 / Yangiliklar

Toshloq tumani fermerlari bu yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida yuksak mehnat samaradorligini namoyon etib, katta yutuqqa erishdilar. Dehqonchilikning barcha agrotexnik talablariga qat’iy amal qilingani, yerdan unumli foydalanilgani va mavsum davomida qilingan tinimsiz mehnat o‘zining munosib natijasini berdi.
Tumanning fidoyi fermerlari, mexanizatorlari va sohada mehnat qilayotgan barcha mutaxassislar hamjihatlik bilan ish olib borib, g‘alla hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Natijada Toshloq tumani viloyatda birinchi bo‘lib g‘alla topshirish rejasini to‘liq bajargan hududlar safidan joy oldi.
Bu yutuq ortida minglab mehnatkash insonlarning zahmati, mas’uliyati va Vatan dasturxoni to‘kinligi yo‘lidagi sa’y-harakatlari mujassam. Erishilgan natija fermerlarni yangi marralar sari ruhlantirib, kelgusi mavsumlarda yanada yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Tuman ahli bu muvaffaqiyat bilan haqli ravishda faxrlanadi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.






