TUMANDA FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
2026-06-08 11:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda hududlarni turli xavf-xatar va ofatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan bajarilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Muhokamalar jarayonida deputatlar hamda ekspert-maslahat guruhi a’zolari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolarni bartaraf etish, tizim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar.
Yig‘ilish davomida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini mustahkamlash, tegishli xizmatlar faoliyatini takomillashtirish va aholining xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, kelgusidagi vazifalarni belgilab beruvchi tegishli qaror qabul qilindi.





