Namangan tumanida 14 nafar fuqaroga kömir xarajatlari uçun 18 million 480 ming söm ajratish belgilandi
2026-11-19 10:05:00 / Press-relizlar

Namangan tumanida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, kam daromadli oilalarning turmuş şaroitini yaxşilaş hamda kuz-qiş mavsumida zarur yoqilği mahsulotlari bilan ta’minlaş borasida amaliy işlar olib borilmoqda.
Şu maqsadda “Barqaror iş örinlarini yaratish va aholi daromadlarini oşirish” böyiça Namangan tumani ştabining 2026-yil 12-noyabrdagi 01/02-son qarori qabul qilingan.
Qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 15-sentabrda ötkazilgan muhokama yiğilişining 33-son bayoni, 2026-yil 9-oktabrdagi 35-son bayonida belgilangan vazifalar, fuqarolarning yozma murojaatlari, “Mahalla yettiligi” xulosalari hamda Namangan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 11-noyabrdagi 05/01/57-sonli örganish xati asosida işlab çiqilgan.
Qarorda qayd etilişiça, kam daromadli oilalarning murojaatlari va taqdim etilgan hujjatlari örganib çiqilgan. Natijada 2026–2027-yil kuz-qiş mavsumi uçun kömir mahsulotlarini xarid qilish xarajatlarini qoplaş maqsadida “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlaridan foydalanish belgilangan.
Har bir fuqaroga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravarigaça, ya’ni 1 million 320 ming sömdan, jami 14 nafar fuqaroga 18 million 480 ming söm mablağ ajratilishi nazarda tutilgan.
Qaror ijrosini ta’minlaş doirasida mablağlardan maqsadli va samarali foydalanish, xaridlarni belgilangan tartibda amalga oşirish, fuqarolarga körsatilgan yordam natijalarini monitoring qilish hamda ijro ustidan nazorat örnatish böyiça mas’ul taşkilot va rahbarlar belgilangan.
QARORNING TÖLIQ MATNI
“Barqaror iş örinlarini yaratish va aholi daromadlarini oşirish” böyiça Namangan tumani ştabining
QARORI
2026-yil 12-noyabr
№ 01/02
Namangan tumani
“Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari hisobidan mablağ ajratish töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son “Barqaror iş örinlarini yaratish va kiçik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oşirish çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 15-sentabrda ötkazilgan muhokama yiğilişining 33-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan muhokama yiğilişining 2026-yil 9-oktabrdagi 35-son bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlaş maqsadida, fuqarolarning yozma ravişdagi murojaati va “Mahalla yettiligi”ning tegishli xulosalarini hamda Namangan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 11.11.2026-yildagi №05/01/57-sonli örganish xulosa xatini körib çiqib, oylik daromadi kam oilalar uçun 14 nafar fuqarolarga kuz-qiş mavsumi uçun kömir mahsuloti sotib olish xarajatlariga taqdim etilgan hujjatlarni örganib çiqib, tuman ştabi
QAROR QILADI:
1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son “Barqaror iş örinlarini yaratish va kiçik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oşirish çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 15-sentabrda ötkazilgan muhokama yiğilişining 33-sonli bayoni hamda Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan muhokama yiğilişining 2026-yil 9-oktabrdagi 35-son bayoni hamda Namangan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tegishli xulosalariga asosan, Beşkapa MFYda yaşovçi fuqarolar Sobirov Maşrabjon, Jörayeva Dilbarxon Imomalievna, Boyqöziev Orifjon, Melibayev Alijon, Mallaxovuz MFYda yaşovçi fuqarolar Xoliqova Erkinoy Nosirovna, Xolbaeva Halima Abdusalom qizi, Ğayrat MFYda yaşovçi fuqarolar Jörayeva Xusnida Rahimjonovna, Qambarova Nasiba Xoşimovna, Ismoilov Qodir Pattilayevich, Obidjanova Muhayyo Hamidulla qizi, Tepa Qiyot mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqarolar Mamatova Umida Mamayusopovna, Mamirova Yöqitxon Dilmuradovna, Mamidullaev Samidullo Qambaralievich, jami 14 nafar fuqarolarga kömir mahsuloti sotib olish böyiça 2026-yil noyabr oyida yozgan murojaatini belgilangan tartibda körib çiqib, murojaatda körsatilgan masala yuzasidan 2026–2027-yil kuz-qiş mavsumi uçun kömir yoqilğisi sotib olish xarajatlari uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasidan mablağ ajratish böyiça mahalla yettiligi tomonidan tuzilgan xulosalar örganilganligi ma’lumot va asos uçun qabul qilinsin.
2. “Beşkapa”, “Mallaxovuz”, “Ğayrat”, “Tepaqiyöt” mahalla fuqarolar yiğinidagi yettilik a’zolari tomonidan 2026–2027-yil kuz-qiş mavsumi uçun kömir yoqilğisi sotib olish xarajatlari uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasidan mablağ ajratish böyiça berilgan xulosalari inobatga olinsin.
3. Yuqorida nomlari qayd etilgan fuqarolarga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 9-oktabrda ötkazilgan muhokama yiğilişining 35-son bayoni 2-ilovasi 3-bandida körsatilgan boşqa yoqilği mahsulotlari bilan ta’minlaş xarajatlari Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigaça bölgan oilalar BHMning 3 baravarigaça bandiga asosan “Saxovat va kömak” jamğarmasidan har bir fuqaroga BHM (bazaviy hisoblaş miqdori)ning 3 baravarigaça, ya’ni har bir fuqaroga 1 320 000 (bir million uç yuz yigirma ming) sömdan, jami 14 nafar fuqaroga 18 480 000 (ön sakkiz million tört yuz sakson ming) söm “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari hisobidan mablağ ajratilsin.
4. “Saxovat va kömak” jamğarmasidan ajratiladigan mablağlardan samarali foydalanilishi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2026-yil 9-oktabrda ötkazilgan muhokama yiğilişining 35-son bayoni talabiga asosan amalga oşirish vazifasini tuman hokimligining boş hisobçisi Ş. Öralov zimmasiga yuklatilsin.
5. Fuqarolarga kömir mahsulotlari sotib olishga ajratilgan mablağlarning samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish tuman hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaş-tirish masalalari böyiça örinbosari (J. Akbarov) hamda Özbekiston mahallalar uyuşmasi Namangan tuman böl imi boşliği (D. Xoşimova)lar zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur ştab qaroriga asosan tegishliça (örinbosarlar yoki jamğarma raislari) sotib olinishi lozim bölgan materiallar va xizmatlarni bajarilishini taşkil etish, tuman hokimligi huzuridagi infratuzilma va farovonlik jamğarmasi böyiça Davlat xaridlarini amalga oşirish Komissiyasiga, ajratilgan mazkur mablağlarni maqsadli, samarali hamda belgilangan tartiblar asosida sarflanishini ta’minlaş vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimining örinbosari (O. Saidazimov), (M. Töyçieva), Özbekiston mahallalari uyuşmasi Namangan tuman böl imi boşliği (D. Xoşimova) hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori (S. Bozorova)lar mahallalardagi “Yoşlar yetakçisi”, “Ijtimoiy xodim”, “Xotin-qizlar faoli” tomonidan rasmiylaştirilgan ariza va hujjatlarni haqqoniyligi böyiça mahalla yettiligi fuqaroga yordam körsatgandan keyin 6 (olti) oy davomida uning natijasida oilaning daromadi oşganligini monitoring qilib borishi va natijalari haqida tuman ştabiga yozma axborot kiritib borishsin.
8. Mazkur qarorni qabul qilishga asos böl ib hisoblangan mahalla yettiligi tomonidan taqdim qilingan xulosani haqqoniyligi va işonçliligi yuzasidan mahalla yettiligi javobgar etib belgilansin.
9. Uşbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari böyiça birinçi örinbosari, Iqtisodiyot va moliya böl imi boşliği Ş. Abubakirov zimmasiga yuklatilsin.
Ştab raisi, Namangan tuman hokimi: S. Möminov
Ştab raisi örinbosari, tuman hokimining birinçi örinbosari: Ş. Abubakirov
Ştab kotibi – tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik böl imi boşliği: K. Rafiqov
QARORGA ASOS BÖLGAN HUJJAT
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 11-noyabrdagi 05/01/57-sonli murojaati
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oşirish böyiça Namangan tumani ştabi rahbari, Namangan tumani hokimi S. Möminovga
Namangan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Sizga uşbu bilan şuni ma’lum qiladiki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror iş örinlarini yaratish va kiçik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oşirish çora-tadbirlari töğrisida”gi 193-sonli Farmoni, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda aholi bandligini va daromadlarini oşirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisidagi 2026-yil 15-sentabrdagi 33-sonli bayoni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi “Saxovat va kömak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoşlar daftari” jamğarmalari mablağlaridan foydalanish masalalari böyiça ötkazilgan 35-sonli bayonida berilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida Ğayrat MFYda yaşovçi Obidjanova Muhayyo Hamidulla qizi, Jörayeva Xusnida Rahimjonovna, Qambarova Nasiba Xoşimovna, Ismailova Kadir Pattilayevich; Beşkapa MFYda yaşovçilar Sobirov Maşrabjon XXX, Jörayeva Dilbarxon Imomalievna, Boyqöziev Orifjon XXX, Meliboyev Alijon XXX; Mallaxovuz MFYda yaşovçilar Xoliqova Erkinoy Nosirovna, Xolboyeva Halima Abdusalom qizi, Dadamirzayeva Fotimaxon Pöl atovna; Tepa Qiyot MFYda yaşovçilar Mamirova Yöqutxon Dilmurodovna, Mamatova Umida Mamayusupovna, Mamadaliyev Samidullo Qambaraliyevichlarning oilaviy şaroiti hamda moliyaviy ahvoli oğirligini inobatga olgan holda kuz-qiş mavsumida zarur bölgan kömir mahsulotini ajratishda “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan mablağ ajratilişida amaliy yordam berişingizni sörayman.
Markaz direktori: S. Bozorova
Namangan tumani “Barqaror iş örinlarini yaratish
va aholi daromadlarini oşirish” böyiça ştabining
2026-yil 12-noyabrdagi 01/02-son qarori hamda
Namangan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil 11-noyabrdagi 05/01/57-sonli murojaati.
Qarorning to'liq shakli (PDF, 3.36 Mb)
