NAMANGAN TUMANIDA INFRATUZILMA MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH UÇUN 325 MILLION SÖM MABLAĞ YÖNALTIRILADI
2026-11-06 09:10:00 / Press-relizlar

Namangan tumanida aholi turmuş şaroitini yaxşilaş, mahallalarda mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etish va fuqarolar uçun qulay yaşaş muhitini yaratish borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Uşbu yönaşdagi vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga muvofiq tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamğarmasi mablağlarini maqsadli yönaltirish masalasi Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida körib çıqildi.
2026-yil 29-oktabrdagi VII-24-96-6-82-K/26-sonli Kengash qaroriga asosan, mahallalarda aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir körsatayotgan bir qator muammolarni hal etish uçun jami 325 million söm mablağ jamğarma hisobidan ajratilishi belgilandi.
⚡ Elektr ta’minotini yaxşilaş
Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaş maqsadida quyidagi mahallalarda transformatorlar xarid qilish uçun mablağ ajratiladi:
-
Tepa Qiyot MFY — “Umid yulduzi” köçasiga 160 kVt quvvatli 1 dona transformator xarid qilish uçun 69 million söm;
-
Eşabod MFY — “2-Qorasuv” köçasiga 160 kVt quvvatli 1 dona transformator xarid qilish uçun 69 million söm.
Şuningdek, avvalgi Kengash qaroriga tegishli özgartirishlar kiritilib, Çağir MFY Sirdaryo köçasi hamda Nurtepa MFY Nurobod köçasi uçun 160 kVt quvvatli transformatorlar xaridiga ajratilgan mablağlar 46 million sömdan 69 million sömga oşirildi.
Mazkur özgartirish natijasida avvalgi qaror böyiça jami ajratilgan mablağ 398 million 600 ming söm etib belgilandi.
💡 Köçalarda tungi yoritish tizimi yaxşilanadi
Mahallalarda tungi vaqtda xavfsiz harakatlanish şaroitlarini yaxşilaş, köçalarni zamonaviy va energiya tejamkor yoritish vositalari bilan ta’minlaş maqsadida quyidagi loyihalar amalga oşirilishi belgilangan:
-
Tepa Qiyot MFY — “Baxt” köçasiga harakatga sezgir, quyosh energiyasida işlaydigan 15 dona tungi yoritish çiroqlarini örnatish uçun 18 million söm;
-
Navqiron MFY — “Şifokorlar”, “Marjon” va “Mehrigiyo” köçalariga 45 dona tungi yoritish çiroqlarini örnatish uçun 54 million söm;
-
Qöşçinor MFY — “Navbahor” va “Bunyodkor” köçalariga 15 dona tungi yoritish çiroqlarini örnatish uçun 18 million söm;
-
Katta Toşbuloq MFY — “Mustaqillik” köçasiga tayanç ustunlari bilan birgalikda 15 dona tungi yoritish çiroqlarini örnatish uçun 34 million söm.
Uşbu loyihalar doirasida jami 90 dona quyosh energiyasida işlaydigan tungi yoritish çiroqlarini örnatish nazarda tutilgan.
🚰 İçimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi
Böston MFYdagi “Böston-2” köçasida yaşovçi fuqarolarning içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyiha doirasida köçaning 500 metr masofasida joylaşgan 30 ta xonadonni toza içimlik suvi bilan ta’minlaş uçun zarur quvur va boşqa jihozlarni xarid qilishga 45 million söm mablağ yönaltiriladi.
Bu orqali mazkur hududda yaşovçi oilalarning içimlik suvi bilan ta’minlanish şaroitlarini yaxşilaş közda tutilgan.
🌱 Tomorqa yerlarini suğorish imkoniyatlari kengaytiriladi
Nöğayqörğon MFYning “Nuroniy” köçasida istiqomat qiluvçi aholining tomorqa yerlarini suğorish imkoniyatlarini yaxşilaş maqsadida 18 million söm mablağ ajratiladi.
Uşbu mablağ hisobidan uzunligi 2 metr bölgan jami 50 dona lotok ariqlar xarid qilinishi belgilangan. Natijada aholining tomorqa yerlarini suğorish bilan bog‘liq infratuzilma şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qiluvçi qöşimça imkoniyat yaratiladi.
Mas’uliyat va nazorat
Kengash qarorida ajratiladigan mablağlardan belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanish, davlat xaridlarini qonunçilik talablariga muvofiq amalga oşirish hamda taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligini ta’minlaş böyiça mas’ul taşkilot va rahbarlarning vazifalari ham belgilab qöyilgan.
Şuningdek, mablağlarning öz vaqtida va qonunçilikda belgilangan tartibda tölanişini ta’minlaş, loyihalarning ijrosini nazorat qilish yuzasidan tegishli mas’ullarga topşiriqlar yuklatilgan.
Ta’kidlash joizki, mazkur loyihalar aholi murojaatlari va mahallalardagi mavjud ehtiyojlarni inobatga olgan holda şakllantirilgan bölib, ularning amalga oşirilishi hududlarda infratuzilma şaroitlarini yaxşilaş, aholi turmuş sifatini oşirish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
📄 QARORNING TÖLIQ MATNI (PDF - 211 Kb)
Mazkur loyihalar va ajratilayotgan mablağlar yuzasidan batafsil ma’lumot bilan tanişish uçun Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining 2026-yil 29-oktabrdagi VII-24-96-6-82-K/26-sonli qarorining töliq matnini körişingiz mumkin.
Qaror nomi: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamğarmasi mablağlarini yönaltirish hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-sentabrdagi VII-23-83-6-82-K/26-sonli qarorining 6 va 8-bandlariga qisman tuzatish kiritish töğrisida.
Qaror sanasi: 2026-yil 29-oktabr.
Qaror raqami: VII-24-96-6-82-K/26.
🌐 RASMIY AXBOROT MANBALARI
Namangan tumani hokimligining faoliyati, hududda amalga oşirilayotgan islohotlar, yangiliklar va rasmiy xabarlarni quyidagi manbalar orqali kuzatib boring:
🌐 Rasmiy veb-sayt:
📲 Rasmiy Telegram kanali:
https://t.me/namangantumanhokimligi
Namangan tumani hokimligi Axborot xizmati
