Yengil sanoat tarmog‘i tadbirkorlariga davlat tomonidan subsidiyalar va moliyaviy yordamlar ajratiladi
2026-10-29 17:00:00 / Yangiliklar

🟠Mazkur video orqali “Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishing.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 (71) 203 77 72
(411), (412), (413), (420)
📢 Yengil sanoat sohasi vakillari va tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-sonli qarori asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda yengil sanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar biznesni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan keng ko‘lamli moliyaviy hamda tashkiliy yordamlardan foydalanishlari mumkin.
💼 Tadbirkorlarga qanday imkoniyat va subsidiyalar beriladi?
-
Xalqaro standartlar va sertifikatlashtirish: Mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
-
Xalqaro bozorlarga chiqish: Nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish moliyalashtiriladi.
-
Eksportni qo‘llab-quvvatlash: Eksportoldi moliyalashtirish ajratiladi hamda eksport shartnomalarining sug‘urta xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
-
Elektron tijorat (E-commerce): Mahsulotlarni nufuzli xalqaro elektron savdo maydonchalariga (marketpleyslarga) joylashtirish choralari ko‘riladi.
-
Xorijda infratuzilma yaratish: Chet elda savdo uylari, omborxona va ofis binolarini ijaraga olish xarajatlari qo‘llab-quvvatlanadi.
-
Kadrlar va konsalting: Malakali xorijiy ekspertlar, mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish xarajatlari qoplanadi.
-
Modernizatsiya va hisobot: Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga (MHXS) o‘tkazishga ko‘maklashiladi.
-
Milliy brend yaratish: O‘z brendingizni yaratish va targ‘ib qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
📲 Imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?
Barcha arizalar adli.uz portali orqali to‘liq elektron shaklda qabul qilinadi:
-
adli.uz rasmiy platformasiga kiring.
-
O‘zingizga kerakli qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishini tanlang.
-
Elektron arizani to‘ldiring va talab etilgan hujjatlarni yuklab, yuboring.
-
Ariza mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgach, masʼullar siz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi.
🌐 Batafsil maʼlumot va rasmiy sahifalar:
-
Rasmiy portal: adli.uz
-
Hukumat portali: gov.uz/adli
-
Telegram: @adli_uz

