Yoshlar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi
2026-10-15 10:05:00 / Yangiliklar

Xonaobod MFYdagi 37-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Sadritdin Mo‘minov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni sport va madaniy tadbirlarga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bilan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.









