Aholi murojaatlari — e’tibor va nazoratda
2026-10-06 11:50:00 / Yangiliklar

Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy sharoitini yaxshilash, moddiy yordam, tibbiy davolanish, sihatgohga yo‘llanma olish, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli rahbarlarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida eshitish, ularni qonuniy va amaliy yechim bilan ta’minlash hamda aholi roziligiga erishish — tuman hokimligining ustuvor vazifalaridan biri.
Aholi bilan ochiq muloqot va murojaatlar bilan ishlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Namangan tuman hokimligi Axborot xizmati









