NAMANGAN TUMAN FERMERLARI KENGASHI RAISATINING MUROJAATNOMASI
2026-10-02 09:00:00 / Press-relizlar

NAMANGAN TUMAN FERMERLARI KENGASHI RAISATINING MUROJAATNOMASI
Paxta hosilini o‘z vaqtida terib olib, daromadingizni ko‘paytiring, shartnoma majburiyatingizni bajarib, imtiyoz va subsidiyalardan foydalaning!
2026-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta dalalaringizda yil davomida olib borilgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, o‘zingizning tajribangiz hamda qishloq xo‘jaligi xodimlari va Fermerlar kengashining murojaatnomalari va tavsiyalari natijasida dalangizda katta paxta xirmoni uchun yetarli hosil yaratgansiz.
O‘zbekiston fermerlari kengashi raisat a’zolari Sizni paxtani qisqa muddatlarda sifatli va to‘liq yig‘ib olish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiradi.
Paxta qabul qilish maskanlarida paxta xomashyosini qabul qilish jarayonida noxolis munosabat bo‘lganda, asossiz chegirmalar qo‘llanilganda, Kengashning biriktirilgan mutaxassislariga murojaat eting va ishonchli tarzda ko‘mak oling.
Bu borada Fermerlar kengashi qishloq xo‘jaligi bo‘limi va agroinspeksiya bilan birgalikda Sizning manfaatlaringizni himoya qilish choralarini ko‘radi.
Qadrli fermerlar, paxtangizni o‘z vaqtida va sifatli terib olib, Prezidentimiz tomonidan fermerlarga yaratib berilgan imtiyozlardan foydalaning va daromadingizni ko‘paytiring!
To'liq shakli (42.1 KB Docx)
Tuman fermerlari kengashi rayosati a’zolari
