Amaliy seminar: to‘qsonbosti ekinlari — qo‘shimcha daromad manbai
2026-09-23 15:10:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda “Yusupova Umida” fermer xo‘jaligida «To‘qsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlarini ekish» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati Fermerlar kengashi raisi boshchiligidagi ishchi guruh, soha mutaxassislari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida avgust–sentabr oylarida piyoz, sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish texnologiyalari amaliy tarzda namoyish etildi.
Mutaxassislar yuqori hosildorlikka erishish, yer va suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda agrotexnik talablarga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Joriy yilda Namangan tumanida 500 gektar maydonga to‘qsonbosti ekinlarini joylashtirish rejasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.









