NAMANGAN TUMANIDA INFRATUZILMA RIVOJLANTIRILADI
2026-09-16 16:10:00 / Press-relizlar
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladi
Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining 2026-yil 12-sentabrdagi VII-23-83-6-82-K/26-son qarori bilan tuman hududidagi ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish uchun 352,6 million so‘m mablag‘ ajratildi.

AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR
💡 Tungi yoritish tizimi
- “Oq yer” MFY — 40 dona quyosh energiyasida ishlovchi yoritish chiroqlari;
- “Ko‘l bo‘yi” MFY — 20 dona;
- “Oq buloq” MFY — 30 dona;
- “Qumqo‘rg‘on” MFY — 20 dona;
- “G‘ayrat” MFY — 10 dona;
- “Katta Toshbuloq” MFY — 15 dona hamda qo‘shimcha 5 dona chiroq tayanch ustunlari bilan.
⚡ Elektr ta’minoti
- “Chag‘ir” MFY — 160 kVt quvvatli 1 dona transformator;
- “Nurtepa” MFY — 160 kVt quvvatli 1 dona transformator;
- “G‘ayrat” MFY — 6 dona beton ustun.
📹 Jamoat xavfsizligi
Qurama, Mirishkor, Katta Toshbuloq, Bo‘ston, Yashinobod, Kichik Toshbuloq va G‘ayrat mahallalarida:
- 21 dona yuz va avtomobil davlat raqamini aniqlovchi kamera;
- Katta Toshbuloq MFYga 4 dona PTZ kamera;
- Past Qiyot MFYga 1 dona PTZ kamera o‘rnatiladi.
JAMI: 352,6 MLN SO‘M
Ajratilgan mablag‘lar manzilli va maqsadli ravishda foydalanilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yaxshilash va jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi qarori (PDF, 613Kb)
