Namangan tumani hokimi va hokim oʻrinbosarlarining fuqarolar qabuli jadvali tasdiqlandi.
2026-09-15 08:10:00 / Press-relizlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 1 apreldagi PF–51-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi hamda hokim oʻrinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullari oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur qabullar davomida aholining murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish choralari koʻriladi.
Manzil: Namangan tumani Xalq qabulxonasi.
