Namangan tuman fermerlari kengashining fermer xo‘jaligi rahbarlariga
2026-09-11 15:10:00 / Press-relizlar

YIL BO‘YI QILINGAN MEHNATINGIZNI QADRLANG,
PAXTADAN YUQORI HOSILDORLIKKA ERISHING!
Namangan tuman fermerlari kengashining
fermer xo‘jaligi rahbarlariga
M U R O J A A T I
Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbarlari!
Bugun o‘ta mas’uliyatli pallaga kirdik. Paxta dalalarimizda yil davomida uyushqoqlik bilan olib borilgan agrotexnik tadbirlar natijasida katta paxta xirmoni uchun yetarli hosil yaratildi.
Qadrli fermerlar!
Paxta xomashyosini qabul qilish jarayonida noxolis munosabat bo‘lganda, asossiz chegirmalar qo‘llanilganda, Kengash mutaxassislari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Sizning murojaatingizni ko‘rib chiqib, ishonchli tarzda himoya qiladi.
Barchangizni mavsumni yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etib, yil davomida qilingan mashaqqatli mehnatingizni qadrlab, paxtangizni to‘liq pishirgandan keyin terib olishga chaqiramiz.
Bu orqali Siz o‘z xarajatlaringizni qoplab, yuqori daromad olishga erishing.
Xirmoningizga baraka tilaymiz, aziz fermerlar.
Murojaatni to'liq shakli (DOCX, 25.3Kb)
Namangan tuman fermerlari kengashi
