Aholi murojaatlari — doimiy e'tiborda
2026-09-08 09:35:00 / Yangiliklar
Namangan tumani hokimi Sadritdin Moʻminov Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabulni oʻtkazdi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy ta'miri, moddiy yordam, davolanish, sihatgohga yoʻllanma, kommunal xizmatlar va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qildi. Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, muammolarni hal etish boʻyicha mas'ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Xalq dardini eshitish, muammosiga yechim topish va aholi roziligini ta'minlash — asosiy vazifalardan.
Bu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Namangan tuman hokimligi Axborot xizmati






