PAXTA TERISH MASHINALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
2026-09-03 11:25:00 / Press-relizlar

PAXTA TERISH MASHINALARIDAN SAMARALI
FOYDALANISH BO‘YICHA
TAVSIYALAR
KIRISH
Paxta terish mashinalaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadi — paxta hosilini yog‘ingarchilik kunlariga qoldirmasdan, qisqa muddatlarda va yuqori sifatda terib olish, shuningdek, mashinalarning mavsum davomida uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlashdan iborat.
Zamonaviy paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish, avvalo, ularni mavsumga puxta tayyorlash, kunlik texnik ko‘rik va servis ko‘rsatish ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish, shuningdek, mexanizatorlarning malakasi va amaliy ko‘nikmalariga bevosita bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, paxta terimi mavsumi boshlanishidan oldin har bir paxta terish mashinasining texnik tayyorgarligini to‘liq yakunlash, zarur ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirish, servis xizmatini uzluksiz tashkil etish, mexanizatorlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda paxta dalalarini mashina terimiga sifatli tayyorlash muhim vazifalar hisoblanadi.
To'liq shakli (PDF, 8.8Mb)

