1-sentabrdan migratsiya xizmatlarida yangi qulayliklar!
2026-08-28 13:30:00 / Press-relizlar

1-sentabrdan migratsiya xizmatlarida yangi qulayliklar!
11 августа в 17:32
📅 2026-yil 1-sentabrdan migratsiya va personallashtirish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibida fuqarolar uchun yangi qulayliklar joriy etiladi.
🔹 Fuqarolar uchun nimalar o‘zgaradi?
✅ Ayrim xizmatlar bo‘yicha elektron ariza topshirish imkoniyati kengayadi;
✅ Davlat xizmatlaridan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) orqali foydalanish imkoniyatlari oshadi;
✅ Ortiqcha hujjatlarni yig‘ish va idora-ma-idora yurish zarurati kamayadi;
✅ Davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi yanada rivojlantiriladi;
✅ Eng muhimi, fuqarolarning vaqti va xarajatlari tejaladi.
📱 Shuningdek, my.gov.uz orqali migratsiya va personallashtirish sohasidagi ayrim xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.
🔎 Asosiy maqsad — davlat xizmatlarini fuqarolar uchun yanada tezkor, qulay va shaffof qilish.
📌 Yangi xizmatlar va ularni ko‘rsatish tartiblari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Namangan tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari direktori
Mashxura Isomidinova
