Yoshlar masalasi — doimiy e’tiborda: ochiq muloqotda muhim takliflar bildirildi
2026-08-27 11:50:00 / Yangiliklar
Namangan tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

«Rahbar va yoshlar» yoshlar bilan ochiq muloqot
Namangan tumanidagi 42-sonli umumta'lim maktabida otaliqqa olingan hamda ta'lim muassasalarini bitirgan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sadritdin Moʻminov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mas'ullar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka yoʻnaltirish boʻyicha amaliy choralar belgilab olindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan tuman hokimligi Axborot xizmati









