Namangan tumani hokimligida navbatdagi iqtisodiy o‘quv bo‘lib o‘tdi.
2026-08-17 16:25:00 / Yangiliklar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek xo‘jalik birlashmalari hamda banklar rahbar va o’rinbosarlarining 2026-yilda II-choragida KPI tizimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yakunlari hamda 2026-yilning III-chorak ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida, samarali va to‘liq bajarish bo‘yicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Tadbir doirasida sohalar kesimida belgilangan ko‘rsatkichlarga erirish, mas’ul tashkilot va mutasaddilar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash va natijadorlikka erishish uchun aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Iqtisodiy o‘quv tuman iqtisodiy o‘sishi va samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, hokimlik xodimlari uchun amaliy dastur vazifasini o‘tadi.
Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati





