Namangan viloyatida bog‘lar va tokzorlarni barpo qilish bo‘yicha TAVSIYАNOMA
2026-08-14 09:05:00 / Yangiliklar

🌳 Namangan viloyatida bog‘lar va tokzorlarni barpo qilish bo‘yicha
TAVSIYАNOMA
🌱 1. KO‘CHAT EKISH UCHUN MAYDONNI TAYYORLASH
🔹 Kuzda ko‘chat ekish uchun tanlab olingan maydon plantaj plugi bilan 50–60 sm chuqurlikda haydalgan bo‘lishi kerak.
🔹 Maydon haydalmagan bo‘lsa, bahorda 35–40 sm chuqurlikda haydalib, lazer tekislagich yordamida tekislanadi. Bu suvdan tejamkor foydalanish samaradorligini 2–3 barobarga oshiradi.
🔹 Ko‘chat ekish uchun reja tortiladi. Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng qishda boshqa bog‘lar qatori sho‘r yuvish ishlari amalga oshiriladi.
💡 Muhim: Hosildorlik nav va payvandtag bilan bir qatorda agrotexnika, qator oralig‘i, daraxtlar orasidagi masofa, yorug‘lik va shamol harakatiga ham bog‘liq.
🪴 2. KO‘CHAT EKISH
📏 Ko‘chat ekiladigan chuqurlarning o‘lchami 60×60 sm bo‘lishi kerak.
🌱 Chuqur qazishda tuproqning yuqori 20–25 sm unumdor qismi alohida ajratib olinadi.
🧪 Chuqurga:
-
350–400 g fosforli o‘g‘it;
-
30–40 g kaliyli o‘g‘it;
-
8–10 kg chirigan go‘ng
tuproq bilan aralashtirib solinadi.
🌿 Ko‘chat ekishdan oldin shatmoqqa botirib olinadi. Ko‘chatning ildiz payvand qilingan joyi tuproqdan 2–3 sm yuqorida bo‘lishi kerak.
💧 Ekishdan so‘ng har bir chuqurga to‘liq suv quyiladi. Tuproq cho‘kkach, ko‘chat atrofi yana tuproq bilan to‘ldiriladi.
🌱 3. KO‘CHATLARNI PARVARISHLASH
🌱 Vegetatsiya davrida ko‘chatlar atrofi qatqaloq bo‘lib qolmasligi uchun tuproq muntazam yumshatib turiladi.
💧 Zarur namlikni ta’minlash uchun tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish tavsiya etiladi.
🚿 Yangi ekilgan ko‘chatlarni dastlabki davrda suv bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish zarur.
🔄 Tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushmagan bo‘lsa, ko‘chat atrofiga aylana shaklida ariq olinib, suv bilan to‘ldiriladi.
💧 Tuproq namligini doimiy saqlash maqsadida ko‘chatlar mavsum davomida 12–14 martagacha sug‘oriladi.
🛡️ Yosh bog‘larda kasallik va zararkunandalarga qarshi zarur agrotexnik va himoya choralarini o‘z vaqtida qo‘llash lozim.
💧 4. TOMCHILATIB SUG‘ORISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
💧 Tomchilatib sug‘orish suvni bosim ostida o‘simlik ildiz qatlamiga yetkazib beruvchi zamonaviy sug‘orish usulidir.
🎯 Tizim o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga mos miqdordagi suvni kerakli vaqtda ildiz qatlamiga yetkazib beradi.
⚖️ Suv dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanib, tuproq namligi boshqariladi.
🌱 Natijada:
-
ortiqcha namlikning oldi olinadi;
-
ildiz qatlamida optimal namlik saqlanadi;
-
o‘simlik bir tekis rivojlanadi;
-
suvdan foydalanish samaradorligi oshadi.
🔄 Oddiy egatlab sug‘orishda tuproqning ayrim joylari ortiqcha namlanib, boshqa qismlari yetarli namlanmasligi mumkin. Bu o‘simlikda suv tanqisligi va ortiqcha namlik bilan bog‘liq stress holatlarni yuzaga keltiradi.
✂️ 5. SHAKL BERISH
🌳 Urug‘li mevali daraxtlarga asosan kuzda, danakli mevali bog‘larda esa erta bahorda shakl berish maqsadga muvofiq.
📐 O‘zbekiston sharoitida pakana payvandtagda ekilgan intensiv bog‘larda ko‘chatlar taxminan 60 sm yuqoridan kesilib, shakl beriladi.
🌿 Asosiy lider novda qoldirilib, yon shoxlarning rivojlanishiga sharoit yaratiladi.
✂️ Shakl berishda shtamb uchun 50 sm qoldirilib, undan yuqorisida zarur miqdorda ko‘zlar qoldiriladi va ortiqcha qismi kesiladi.
🔪 Kerbovka usuli yordamida yangi novdalarning rivojlanishi rag‘batlantiriladi.
📅 Shoxlangan novdalar iyul–avgust oylarida 90° egilib, bog‘lanadi.
🌸 Yosh novdalar ma’lum vaqtda chilpib (chekanka) turiladi. Bu meva kurtaklarining ko‘proq hosil bo‘lishiga yordam beradi.
🏗️ 6. TEMIR-BETON USTUNLAR O‘RNATISH VA SIM TORTISH
🏗️ Ekilgan ko‘chatlarni birinchi yilning o‘zida simbag‘azlarga bog‘lab parvarish qilish uchun temir-beton ustunlar o‘rnatiladi.
🔩 Ustunlar o‘rnatilgach, bog‘ bo‘ylab zarur balandliklarda simlar tortiladi.
🔗 7. KO‘CHATLARNI SIMBAG‘AZLARGA BOG‘LAB PARVARISHLASH
🍎 Yangi ekilgan olma va nok bog‘larida temir-beton ustunlar o‘rnatilib, simlar tortilgach, ko‘chatlarning novdalari simlarga bog‘lanadi.
🌿 Bu usul novdalarning to‘g‘ri yo‘nalishda o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
🔧 Bog‘da muntazam parvarish ishlari olib borilib, novdalarning shakllanishi nazorat qilinadi.
🧪 8. O‘G‘ITLASH
🌱 Yosh ko‘chatlarning yaxshi rivojlanishi uchun aprel oyining ikkinchi yarmida har bir ko‘chat atrofiga 100–120 g azotli o‘g‘it solinadi.
🔄 Ikkinchi marta iyun oyida shuncha miqdorda azotli o‘g‘it beriladi.
💧 Tomchilatib sug‘orish tizimi mavjud bog‘larda mineral ozuqalarni suv orqali tomchilatib berish maqsadga muvofiq. Bunda o‘g‘itning o‘zlashtirilish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
🥕 Yosh pakana payvandtagli bog‘larning qator oralariga birinchi va ikkinchi yillarda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish mumkin.
⛔ Uchinchi yildan boshlab ushbu ekinlarni ekish tavsiya etilmaydi.
🌾 Oktyabr–noyabr oylarida qator oralari chopilib, yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi.
🧪 Kuzda:
-
90 kg/ga fosfor;
-
45 kg/ga kaliy;
-
10 t/ga organik o‘g‘it
berish tavsiya etiladi.
🍎 Yangi ekilgan intensiv bog‘lar ikkinchi yildan boshlab hosilga kiradi, 4–5-yildan esa to‘liq hosil bera boshlaydi.
🌿 ASOSIY NATIJA
💧 Suvni tejash
🌱 Sog‘lom ko‘chat
☀️ Yetarli yorug‘lik
🧪 To‘g‘ri oziqlantirish
✂️ To‘g‘ri shakllantirish
🍎 Yuqori va sifatli hosil

