Har bir qarich yer — daromad va mo‘l hosil manbai!
2026-08-14 13:10:00 / Press-relizlar

🌱 YERDAN UNUM — DAROMADDAN BARAKA!
Kechki kartoshka, avgust–sentabr piyozi, sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti ekinlarini ekib, salmoqli daromadga ega bo‘ling va xalqimiz dasturxonini to‘kin qilishga munosib hissa qo‘shing!
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda
O‘zbekiston fermerlari kengashining
tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklariga
Q O‘ SH M A M U R O J A A T I
Kechki kartoshka, avgust–sentabr piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida eking!
Tomorqa yerlaridan unumli foydalanib, yuqori hosil va qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling!
Bugungi ekilgan ekin — ertangi mo‘l hosil va farovonlik garovi. Tomorqa yerlari, bog‘ qator oralari va dala chetlaridan samarali foydalanib, kartoshka, piyoz, sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti sabzavotlarini belgilangan muddatlarda ekishni tashkil eting.
🌱 Kechki kartoshka — mo‘l hosil uchun yer va suvdan oqilona foydalaning.
🧅 Avgust–sentabr piyozi va sarimsoqpiyoz — o‘z vaqtida ekib, yuqori hosil oling.
🥕 To‘qsonbosti ekinlari — qish va bahor oylarida dasturxon to‘kinligini ta’minlang.
💰 Tomorqadan daromad — mavjud imtiyoz, subsidiya, grant va kredit imkoniyatlaridan foydalaning.
⚡ Har bir qarich yerdan unumli foydalaning!
Yerni bo‘sh qoldirmang — eking, parvarishlang va mo‘l hosil oling!
Bugungi harakat — ertangi to‘kinlik va farovonlik poydevori!
QO‘SHMA MUROJAATNING TO'LIQ SHAKLI (DOCX, 20.0 Kb) - Gov Uz
QO‘SHMA MUROJAATNING TO'LIQ SHAKLI (DOCX, 20.0 Kb) - Drive Goo
QO‘SHMA MUROJAATNING TO'LIQ SHAKLI (DOCX, 20.0 Kb) - Telegraph
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston fermerlari kengashi
