Namangan tumanida paxta mavsumi va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-08-07 09:30:00 / Yangiliklar

Namangan tumanida mavsumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Namangan tumani hokimi Sadritdin Moʻminov rahbarligida paxta qabul qilish maskanlarini tashkil etish, paxta tashish uchun tirkamalarni mavsumga tayyorlash hamda chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda sohalar boʻyicha mas'ullarga mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrish, paxta qabul qilish maskanlarini oʻz vaqtida ishga tushirish, texnikalarning shayligini ta'minlash va chorvachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilish yakunida barcha mas'ullarga belgilangan topshiriqlarni muddatlarda va sifatli bajarish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Namangan tuman hokimligi axborot xizmati.










