Sun'iy intellekt yordamida Namangan tumanining foydalanilmagan imkoniyatlari tahlil qilindi
2026-07-30 18:30:00 / Yangiliklar

Sun'iy intellekt yordamida Namangan tumanining
foydalanilmagan imkoniyatlari tahlil qilindi
Namangan tuman hokimligida sun'iy intellekt texnologiyalari asosida hududning foydalanilmagan imkoniyatlarini aniqlash va yangi rivojlanish yo'nalishlarini belgilashga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimi S. Mo'minov, viloyat hokimining sun'iy intellekt bo'yicha maslahatchisi Sh. Tursunov, shuningdek, shahar va tuman hokimlarining raqamli texnologiyalar hamda sun'iy intellektni rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.
Taqdimot davomida sun'iy intellekt vositalari yordamida Namangan tumanining tabiiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyati kompleks tahlil qilinib, hududni jadal rivojlantirishga xizmat qiluvchi istiqbolli yo'nalishlar yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Xususan, urug'chilik, gulchilik, ro'molchilik hamda daryo bo'yi turizmini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va qo'shimcha ish o'rinlari yaratishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, mazkur yondashuvlar hududning mavjud resurs va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda aholi bandligi va farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.





