Namangan tuman prokurori X.Sh.Shuxratjonovning MUROJAATNOMASI
2026-07-24 19:25:00 / Press-relizlar

Namangan tuman prokurori X.Sh.Shuxratjonovning
MUROJAATNOMASI
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muxtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Aziz hamyurtlar !
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan yondoshishni so‘rayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar ta’minlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz jinoyatdan holi yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik !!!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Murojaatning to'liq shakli (DOCX, 43.9Kb)
