Namangan tumanida temir yoʻl atroflarida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari boshlandi
2026-07-20 09:05:00 / Yangiliklar

Bugun erta tongdan...
Namangan tumanida temir yoʻl atroflarini yanada obod va koʻrkam holatga keltirish maqsadida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Ushbu ishlar doirasida temir yoʻl atroflari chiqindilardan tozalanib, hududlar tartibga keltirilmoqda, mavjud yashil maydonlar parvarish qilinib, sanitariya va ozodalik holatini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Obodonlashtirish tadbirlarida tegishli tashkilotlar xodimlari hamda mas'ul xizmatlar faol ishtirok etib, hududlarni yanada chiroyli va shinam qiyofaga keltirish yoʻlida hamjihatlik bilan mehnat qilmoqdalar. Bu kabi ishlar tumanning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik muhitni sogʻlomlashtirish hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Namangan tuman hokimligi Axborot xizmati









