"Paxtaga qoʻshimcha ishlov bering va hosilingizga hosil qoʻshing!" Namangan tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi hamda Namangan tuman fermerlari kengashining qoʻshma murojaati
2026-07-15 13:30:00 / Press-relizlar

PAXTAGA QO‘SHIMCHA ISHLOV BERING VA HOSILINGIZGA HOSIL QO‘SHING!
Namangan tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda
Namangan tuman fermerlari kengashining qo‘shma
MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari !
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer va dehqonlar tomonidan tumanimiz bo‘yicha 3 998 gektar shundan, Shinjon usulida 1 600 gektar maydonlarda paxta parvarishlanmoqda.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, ayniqsa bu yil iyul oyining har yilgidan ko‘ra ikkinchi yarmi o‘ta issiq kelayotganligi sababli suvchi, mexanizator hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilariga ish haqqilarini o‘z vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, sug‘orish, kultivatsiya qilish va chekankani o‘z vaqtida tashkil etishni davr taqozo etmoqda.
Aziz fermer va dehqonlar!
Sizning har bir o‘lchovingiz, o‘z vaqtida qabul qilgan qaroringiz, yerga, suvga va o‘simlikka ehtiyotkor munosabatingiz mamlakatimiz paxtachiligining yangi natijasini yaratadi. Bilimni amaliyotga aylantirib, yuqori hosil, sifatli tola, barqaror daromad va ekologik toza dalalarni birgalikda shakllantiramiz.
Mazkur ishlarni shunday ko‘tarinki ruhda tashkil qilaylikki, qilingan mehnatimiz orqali hosilga hosil qo‘shib, yuqori natijalarga erishaylik. Barchangizni ushbu ezgu ishda ishtirok etishga chorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz yanada obod bo‘lishi uchun munosib hissangizni qo‘shishga hamda “Dolzarb 20 kun” mobaynida paxta dalalariga yanada ishlov berishda faol qatnashishga da’vat etamiz!
Murojaatni to'liq matni (DOCX, 35.6Kb)
Namangan tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi
hamda
Namangan tuman Fermerlari kengashi
