"Ayollar daftari" jamg'armasi orqali ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash ishlari davom etmoqda
2026-07-13 09:30:00 / Press-relizlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi VM-239-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Ayollar daftari"ning 7 bosqich 3-toifasi doirasida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu asosda, Namangan tuman "Ayollar daftari" jamg'armasi Vasiylik kengashining 2026-yil 13-iyuldagi 8-son bayoni bilan qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qurilish materiallarini xarid qilish belgilandi.
Xarid qilinayotgan materiallar orasida shifer, sement, shlakablok, yog'och mahsulotlari, eshik va derazalar, tunuka hamda boshqa qurilish jihozlari mavjud bo'lib, ular ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta'mirlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga yo'naltiriladi.
Mazkur amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularning munosib turmush sharoitini ta'minlashga xizmat qiladi.
Ma'lumotni to'liq shakli (XLSX, 63.3 KB)
