Fermer masʼuliyati — el farovonligi garovi
2026-07-03 09:10:00 / Yangiliklar

YERNI QАDRLАNG VА MАJBURIYATNI UNUTMАNG
Namangan tuman fermerlari kengashi rayosatining fermerlarga
MUROJААTI
Hurmatli fermerlar!
Mamlakatimizda fermerlarga davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyoz, subsidiya va imkoniyatlar yildan yilga koʼpaymoqda. Аyniqsa, shu yilda bugʼdoy yetishtirish yuzasidan Davlatimiz rahbarining Farmon va qarorlari hamda Hukumatning tegishli chora-tadbirlari Siz fermerlarga, gʼalladan yuqori hosil olishga zamin yaratildi.
Аziz fermerlar!
Xalqimizning farovon hayoti, dasturxonimiz toʼkinligi, bozorlarimizda non va non mahsulotlari yetarli hamda narxlar barqaror boʼlishi, koʼp jihatdan Sizning bugungi mehnatingiz, gʼalla oʼrim-yigʼimini oʼz vaqtida yakunlashingiz hamda davlat zaxirasiga sotishingizga bogʼliqligini unutmang.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʼlida barchangizni davlat resursi, vaqtinchalik saqlash va urugʼlik boʼyicha majburiyatlaringizni oʼz vaqtida va toʼliq bajarishga chaqiramiz.
Namangan tuman fermerlari kengashi Rayosati aʼzolari
Murojaatni to'liq matni (DOCX, 17Kb)
