“Mirzavoy Xo‘lturaboy” masjidida yangi tahoratxona quriladi
2026-05-26 16:25:00 / Yangiliklar

Namangan tumanidagi masjidda tahoratxona yangidan quriladi
Muhtaram Prezidentimiz tashabbus va topshiriqlariga asosan muqaddas Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan “Vaqf” jamoat fondi tomonidan xayrli va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati hokimining oʼrinbosari Otabek Bazarov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyati boshqarmasi boshligʼi Ibroxim Xodjiev hamda Oʼzbekiston Mahallalar uyushmasi viloyati boshqarmasi boshligʼi Аhadjon Mirzaev Namangan tumani Kichik Qurama mahallasida joylashgan “Mirzavoy Xoltoʼraboy” jomeʼ masjidida boʼlib, tahoratxona qurilishi loyihasi bilan tanishdilar.
Tashrif davomida qurilish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda amalga oshirish, masjidga keluvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bunday xayrli tashabbuslar yurtdoshlarimizga munosib sharoit yaratish, muqaddas qadamjolar obodligini taʼminlash hamda aholiga qulayliklar yaratishga xizmat qilmoqda.
Namangan tuman hokimligi
Axborot xizmati.









